Веселый форум!

Bu maqolani vodiyuz.lark.ru sayt admini mahsus tayorladi bu maqolani boshqa saytda shu maqolaga kozingiz tushsa mehmonhonsmga habar bering
ISMLAR MANOSI
A
ABBOS (a.)- qovog’i soliq, xo’mraygan, jiddiy. Ba’zi bolalar shu holatda tug’iladi.
ABDULAZIZ (a.) - izzat va kuch-qudrat sohibi bo’lgan g’olib Allohning bandasi.
ABDULAZIM (a.) - buyuk Allohning bandasi.
ABDULVALI (a.) - do’st, madadkor Allohning bandasi.
ABDULVAHHOB (a.)- barcha uchun o’z ne’matlarini tekin ato etuvchi Allohning bandasi.
ABDULVOHID (a.)- bitta, yagona, tanho bo’lgan Allohning bandasi.
ABDULJABBOR (a.) - bandalarning ishlarini isloh qiluvchi Allohning bandasi.
ABDULJALIL (a.)- barcha jihatdanmukammal va go’zal ulug’ Allohning bandasi.
ABDULLATIF (a.)- lutfu ehson, cheksiz marhamatlar sohibi bo’lgan Allohning bandasi.
ABDULAHAD (a.)- yakka-yagona bo’lgan Allohning bandasi.
ABDULKARIM (a.)- karim qiluvchi,saxovat ko’rsatuvchi va bandalarining gunohlarini kechiruvchi, avf etuvchi Allohning bandasi.
ABDULLOH (a.)- Allohning bandasi.
ABDULMALIK (a.)- podshoh Allohning bandasi.
ABDULFATTOH (a.) - rahmat xazinalarini ochuvchi Allohning bandasi.
ABDULXOLIQ (a.)- yaratuvchi Allohning bandasi.
ABDULQAHHOR (a.)- barchani bo’yso’ndiruvchi Allohning bandasi.
ABDULQODIR (a.)- hamma narsaga qodir bo’lgan, kuch qudrat sohibi Allohning bandasi.
ABDULG’AFUR (a.) - bandalarinnng gunohlarini yashirib, jazo bermay turuvchi Allohning bandasi.
ABDULG’AFFOR (a.) - bandalarining xato va gunohlarini kechiruvchi Allohning bandasi.
ABDULG’ANI (a.)- hech narsaga ehtiyojsiz, boy Allohning bandasi.
ABDULHAY (a.)- abadiy tirik Allohning bandasi.
ABDULHAMID (a.)- hamisha, doimo hamdu sanoga, maqtovga sazovor bo’lgan Allohning bandasi.
ABDULHAKIM (a.) - hikmat va cheksiz bilimlar sohibi bo’lgan Allohning bandasi.
ABDULHAFIZ (a.)- o’z panoxdda saqlovchi Allohning bandasi.
ABDURRAZZOQ (a.) - barcha tirik mavjudodga rizq beruvchi Allohning bandasi.ABDURRAUF (a.)- o’ta mehribon, rahmati keng Allohning bandasi.
ABDURRASHID (a.)- barcha ishlari to’g’ri chiquvchi Allohning bavdasi.
ABDURRAHIYM (a.) - rahmli Allohning bandasi.
ABDURRAHMON (a.) - o’ta mehribon Allohning bandasi.
ABDUSSAMAD (a.)- hojatbaror Allohning bandasi.
ABROR (a.)- pokiza, yaxshi xulq-atvor egasi.
ADOLAT (a.) - odillik.
AZAMAT (a.)- ulug’, qudratli.
AKBAR (a.)- buyuk, ulug’.
AKMAL (a.) - eng yetuk, eng mukammal.
AKRAM (a.)- karamli, saxiy
ALI (a.)- oliy, eng yuksak.
ALISHER (a.-f.t.)- sherdek qudratli, jasur, dovyurak bola. Alidek kuch-qudrat va aql-zakovat egasi bo’lsin.
AMIR (a.)- hukm qiluvchi, hukmdor, yo’lboshchi.
ANBAR (a.) - yoqimli, xushbo’y, ajoyib hidli.
ANVAR (a.)- nurli, yorug’, charog’on yoki iqboli porloq bola.
ARSLON (a.)- sher, sherdek qudratli, dovyurak, qo’rqmas bo’lsin.
ASAD (a.) — Sher. Asad oyida tug’ilgan bola yoki Sherdek kudratli, qo’rqmas, dovyurak bo’lsin.
ASADULLOH (a.) - Allohning sheriyoki Allohning sherdek qudratli,dovyurak, jasur bandasi.
ASAL (a.) - asaldek shirin, sevimliqiz.
ASOMIDDIN (a.)- dinning ko’magi, yordami, madadi.
A’ZAM (a.)- eng buyuk.
AHMAD (a.) - Allohga olqish va hamdu sanolar aytuvchi, olqishga sazovor, maqtovga loyiq.
AHROR (a.)- mehru muruvvatli, marxamatli.

---------------------------------------------
B
BADRIDDIN (a.) - dinning to’lin oyi.
BARNO (f.t.) - kelishgan, chiroyli.
BASANDA (f.t.) - oilada ketma-ketqizlar tug’ilsa, endi yetarli bo’ldi,endi kiz bola tugidishi to’xtasin,degan ma’noda ushbu ism qo’yilgan.
BAXTIYOR (f.t.) - baxt-saodat, quvonch yor bo’lsin.
BAHODIR (f.t.) - botir, kuch-qudratli.
BAHOR (f.t.) - bahorda tug’ilgan farzand yoki hayotda bahordek go’zal, chiroyli, fayzli bo’lsin. BAHRIDDIN (a.) - dinning nuri, shu'lasi.
BAHROM (f.t.) — Mirrix (Mars) sayyorasining nomi bo’lib, u qadimdan baxt va saodat timsoli sifatida tarannum etilgan, shu bilan bir qatorda qadimgi eron shohlaridan biri bo’lgan Bahromga xam nisbat berilib, kuch-qudrat sohibi bo’lsin, degan ma’noda xam ushbu nom bolaga berilgan.
BEKZOD (o’zb-f.t.) - beklar avlodidan bo’lgan bola yoki bek farzandi, bolasi.
BEKMUROD (o’zb-a.) - beklar avlodidan bo’lgan bola ulgayib, orzu maqsadiga yetsin.
BERDIMUROD (o’zb-a,) - Alloh bizga o’g’il ato kilib, orzu maqsadimizga yetkazdi yeki Alloh bergan bola voyaga yetib, murod-maqsadiga erishsin.
BEHZOD (f.t.)- yaxshi saodatli kunda tug’ilgan, yaxshi aslzoda bola.
BEHRUZ (f.t.)- baxt-saodatli kunda tug’ilgan bola.
BIBIXOL (o’zb-f.t.) - xol bilan tug’ilgan, e’tiborli aslzoda qiz.
BINAFSHA (o’zb.)- binafshadek nafosatli, suluv, ko’rkam
BOBUR (o’zb.)- yo’lbars.
BOZOR (f.t.) - bozor kuni tug’ilgan bola.
BOYMUROD(o’zb-a.) - boy-badavlat bola, ulg’ayib orzu murodiga yetsin.
BOYQOBIL (o’zb-a.)- es-hushli, aqlli, mo’min-qobil bola, ulg’ayibboy-badavlat bo’lsin.
BOLTA (o’zb.)- kindigi bolta bilan kesilgan bola yoki boltadek keskir, o’tkir, mustahkam bo’lsin.
BOTIR(o’zb-mo’g.) - mard, pahlavon, dovyurak, jasur.
BO’RI (o’zb.)- tug’ilgandatishi mavjud bo’lg’an bola.

---------------------------------------------
D
DAVLAT (a.) - davlatmand, boy, saodatli, tolei porloq bo’lsin.
DAVRON (a.) - davrining, zamonasining baxtiyor farzandibo’lsin.
DILAFRO’Z (f.t.) - ko’ngilni yorituvchi, qalbni quvonchga to’ldiruvchi zebo qiz.
DILBAR (f.t.) - ko’ngilni oluvchi, suyukli, go’zal.
DILMUROD (f.t-a.) - dildagi murodga, orzuga yetkazgan bola.
DILNAVOZ (f.t.) - dilni erkalovchi, ko’ngilga zavqu shavq bag’ishlovchi sevimli zebo qiz. DILNOZ (f.t.) - nozik qalb sohibi.
DILOVAR (f.t.) - jasur, qo’rqmas, dovyurak, shijoatli.
DILORO (f.t.) - ko’ngilni bezovchi,dilga oro beruvchi qiz.
DILOROM (f.t.) - dilga orom beruvchi, ko’ngilga taskinva huzur-xalovat baxsh etuvchi.
DILRABO (f.t.) - ko’ngilni jalb qiluvchi, dilni tortuvchi, suyukli, go’zal qiz.
DILSHOD (f.t.) - dili shod bo’lib yursin yoki qalblarga sevinch, shodu xurramlik baxsh etgan bola.
DURDONA (a-f.t.) - inju, dur donasidek bebaho, qadrli, chiroyli qiz.

---------------------------------------------
E
ELBEK (o’zb.) - ulgayib elning bega, sardori, yo’lboshchisi bo’lsin.
ELDOR (o’zb-f.t.) - ulg’ayib yuqorimartabalar egasi, elning yo’lboshchisi, rahnamosi, hukmdori bo’lsin.
ELMUROD (o’zb-a-.)- el orzu qilgan farzand bo’lsin, elini orzu-murodiga erishtirsin.
ERALI (o’zb-a.) - jasur, doyyurak,mard bola Alidek kuch-qudrat, aql-zakovatli bo’lsin. ERGASH (o’zb.) - aka va opalariga ergashib yursin.
ERKIN (o’zb-) - erkin, ozod, hur bola.
ESON (o’zb.) - sog’-salomat, omon-eson o’ssin.
ESHBEK (o’zb.) - beklar naslidan bo’lgan bola ulg’ayib, aka-ukalariga hamdam, esh, hamnafas bo’lsin.
ESHBO’RI (o’zb.) - bo’ri hamrohi, yo’ldoshi bo’lib, unn yomon kuchlardan, yovuz ruhlardan himoya qilsin, asrasin.
ESHDABLAT (o’zb-a.) - mol-dunyo, davlatga erishib, boy-badavlat bo’lsin, rizqi butunbo’lib, baxtli, totuv hayot kechirsin.
ESHMUROD (o’zb.-a.) - orzu kdyaingan hamroh yoki orzusiga hamroh bo’lib, murod-maqsadiga yetsin.
ESHQOBIL (o’zb.) - odobli, es-hushli, qobil bola, aka- ukalariga yo’ldosh, hamdam, esh bo’lsin.
E’ZOZ (a.) - e’tiborga, hurmat-ehgiromga sazovor bo’lgan qadrli, qimmatli, suyukli bola.
EHSON (a.) - sovg’a, tuhfa.

---------------------------------------------
F
FAZILAT (a.) - yaxshi xislatli.
FAZLIDDIN (a.) - dinning fazli, kamoli.
FAYZULLOH (a.) - Allohning marhamati yoki Alloxning rizqu nasibali, omadli bandasi.
FARANGIZ (f.t) - nur taratuvchi, shu’la sochuvchi go’zal qiz.
FARID (a.) - yakka, yagona.
FARIDA (a.) - yakka, yagona, tengsiz qiz.
FARMON (f.t.) - buyruq, Allohning farmoni, amri bilan dunyoga kelgan bola.
FARORAT (a.) - huzur-xalovat, rohat-farog’atda yashasin.
FARRUX (f.t.) - yuzidan nur yogaluvchi, ochiq chehrali, chiroyli, ko’rkam.
FAXRIDDIN (a.) - dinning faxri, g’ururi.
FERUZ (f.t.) - yengilmas, yulib.
FERUZA (f.t.) - g’olib, iqboli baland zebo qiz.
FIRUZ (f.t.) - saodatli, iqboli porloq yoki yengilmas, g’olib,
FIRUZA (f.t.) - saodatli yoki firuzadek bebaho, qimmatli, go’zal, zebo qiz yoki nurli, yuzidan nur taraluvchi.
FOZIL (a.) - bilimdon, dono, zukko.
FOZILA (a.) - bilimli, zukko qiz.

---------------------------------------------
G
GAVHAR (f.t.) - gavhardek qimmatli, bebaho, asl, zebo qiz.
GAVHARSHOD(f.t.) - gavhardek bebaho, qimmatli, qadrli, quvnoq, shodu xurram zebo qiz.
GULANDOM (f.t.) - gulbadan, nozik, go’zal qiz.
GULASAL (f.t-a.) - guldek chiroyli,nafis, asaldek shirin, totli, sevimli qiz.
GULJAMOL (f.t-a.) - husni jamoli guldek zebo qiz.
GULJAHON (f.t.)- jahonning guldek go’zal qizi.
GULNOZ (f.t.) - guldek nozik va nozli go’zal qiz.
GULRUH (f.t.) - yuzi guldek go’zalqiz.
GULCHEHRA (f.t.) - gulyuzli, chiroyli qiz.
GULSHAN (f.t.) - hayoti gulzordekfayzu tarovatli bo’lsin.
GULSHOD (f.t.) - guldek go’zal, suluv, shodu xurram
GO’ZAL (o’zb.) - zebo, suluv, chiroyli

---------------------------------------------
H
HABIB (a.) - suyukli do’st, qadrdon, g’amxo’r.
HABIBA (a.) - sevimli, mehribon, qadrli qiz.
HABIBULLOH (a.) - Allohning suyukli do’sti.
HAYDAR (a.) - arslon, qo’rqmas, jasur, kuchli, qudratli bola bo’lsin.
HAYIT (a.) - hayit bayrami kunlarida tug’ilgan bola.
HAYITALI (a.) - hayit bayrami kunlarida dunyoga kelgan bola Ali kabi zo’r inson bo’lib yetishsin.
HAYITGUL (a-f.t) - hayit kunida tug’ilgan, guldek chiroyli, zebo qiz.
HAYITMUROD (a.) - hayit kunida farzandli bo’lib, orzumizga erishdik yoki hayit kunida tug’ilgan bola murod-maqsadiga yetsin.
HALIMA (a.) - rahmdil, shafqatli, muloyim tabiatli, beozor, suyukliqiz.
HAMDAM (f.t.) - sodiq do’st, o’rtoq, aka-ukalariga, otasiga hamdam, madadkor, esh bo’lsin.
HAMID (a.) - Alloh taologa hamdu sano aytuvchi.
HAMIDA (a.) - Allohga shukur qiluvchi, hamdu sano aytuvchi yoki maqtovga sazovor qiz.
HAMIDULLOH (a.) - Allohning maqtoviga sazovor, a’lo bandasi.
HAMRO(H) (f.t.) - hamdam, sherik
.HASAN (a.) - chiroyli, a’lo, go’zal.
HASANALI (a.) - chiroyli, ko’rkam bola Aliga o’xshagan yaxshi odam bo’lsin.
HASANXO’JA (a-f.t.) - xo’jalar avlodiga mansub chiroyli, ko’rkam bola.
HOJI (a.) -muqaddas haj ziyoratida bo’lgan ziyoratchi.
HOJIMUROD (a.) - hoji erishtirgan orzu-murod yoki ulg’ayib hoji bo’lsin, murod-maqsadiga yetsin.
HOTAM (a.) - oliyhimmat, saxovatpesha bola.
HULKAR (o’zb.) - Surayyo yulduzidek yorug’ yuzli, chiroyli go’zal qiz yoki iqboli surayyo yulduzidek porloq bo’lsin.
HUMOYUN (f.t.) - muborak, qutlug’.

---------------------------------------------
I
IBODAT (a.) - toat-ibodat qilish, Xudoga sig’inuvchi, Unga bo’ysunuvchi yoki ibodat paytida tug’ilgan qiz.
IBODULLOH (a.) - Allohning bandalari, qullari.
IBROHIM (qad.yah.) - xalqlarningotasi.
IZZATULLOH (a.) - Allohning hurmat-izzatli bandasi bo’lsin.
ILHOM (a.) - ruhiy ko’tarinkilik, ruhlanish, avjlanish.
IMOM (a.) - oldinda turuvchi peshvo, diniy rahnamo.
INTIZOR (a.) - intizor bo’lib ko’pdan orziqib kutilgan qiz.
IRODA (a.) - Xudoning irodasi bilan dunyoga keltan qiz.
ISKANDAR (yun.) - qo’rkmas, dovyurak, jasur, mardlarnish sardori, boshlish.
ISLOM (a.) - bo’ysunuvchi, itoatkor, xudojoy.
ISMOIL (qad.yah.) - Xudo eshitdi;Xudodan so’rab olingan bola
.ISROIL (qad.yah.) - Allohga itoat qiluvchi, Alloh yo’lida kurashchi.
IXTIYOR (a.) - ixtiyori, erki o’zida,hur, ozod.
IQBOL (a.) - baxtu saodat, yorug’ kelajak, hayot.

---------------------------------------------
J
JAVLON (a.) - chaqqon, chiroyli, shahdam qadam tashlovchi.
JALOL (a.) - ulug’, buyuk, ko’rkam.
JALOLIDDIN (a) - dinning ulug’vorligi yoki dinning yuksaknamoyandasi.
JAMOL (a.) - chiroyli, ko’rkam bola.
JAMSHID (f.t.) - buyuk, qudratli.
JASUR (a.) - dovyurak, qurqmas, jasoratli.
JAHONGIR (f.t.) - jahonni zabt etuvchi, fotih.
JUMA (a.) - juma kuni tug’ilgan bola.
JUMAGUL (a.f.) -juma kuni tug’ilgan, guldek chiroyli suluv qiz.
JUMAQUL (a.-o’zb.)- Allohning juma kuni tug’ilgan bandasi
JUMANAZAR (a.) - juma kuni beriltan tuhfa.
JO’RA (f.t.) - do’st, o’rtoq,hamdam.

---------------------------------------------
K
KAMOL (a.) - yetuk.
KAMOLIDDIN (a.) - dinning kamoli, rivoji yoki dinning barkamol, yetuk namoyandasi.
KOMIL (a.) - yetuk, mukammal.
KAMOLA (a.) - yetuk, barkamol qiz.
KOMRON (f.t.) - maqsadga erishuvchi, saodatmand, kudratli, omadli, tolei porloq.
KUMUSH (o’zb.) - kumushdek bebaho, qimmatbaho, qadrli, suluv qiz.
L
LAYLI (a.) - tun qizi, tunda tug’ilgan qiz.
LATIFA (a.) - mehribon, muloyimqiz.
LATOFAT (a.) - latofatli, pokiza, shafqatli, zebo qiz.
LOBAR (a-) - chiroyli, kelishgan, yokzimli, dilkash qiz.
LOLA (f.t.) - loladek nafosatli,chiroyli, ko’rkam, go’zal
LUTFIYA (a.) - muruvvatli, mehrli,suluv qiz
LUTFULLOH (a.) - Allohning lutfu ehsoni, muruvvati, marhamati.
M
MAVJUDA (a.) - yaratilgan, bor, barhayot.
MAVLUDA (a.) - xosiyatli, muqaddas kunda dunyoga kelgan qiz.
MADINA (a.) - bu ism Arabistondagi muqaddas ziyoratgoh shahar bo’lgan Madina nomidan olingan.
MALIKA (a.) - malika yoki shoh avlodidan bo’lgan ayol.
MALOHAT (a.) - ko’rkam, go’zal, malohatli qiz.
MASTURA (a) - pardali, iffatli, pokiza qiz.
MATLUBA (a.) - iltijo qilib so’rab olingan qiz.
MAFTUNA (a.) - maftun qiluvchi, jozibali, dilkash qiz.
MAHBUBA (a.) - sevilgan, suyukli,dilbar qiz.
MAHLIYO (a.) - o’ziga jalb etuvchi, ko’ngilni rom qiluvchi, sehrlovchi, nazokatli, jozibali, suluv qiz.
MAHMUD (a.) - maqtalgan, maqtovga loyiq.
MEHRINISO - ayollarning quyoshi.
MIRZA (f.t.) - savodli, o’qimishli bilimdon bo’lib o’ssin.
MOHIGUL (f.t.) - oydek suluv, chiroyli va tuldek go’zal qiz.
MOHIDIL (f.t.) - ko’ngilning oyi yoki ko’nglimizni oydek yeritgan, nurga to’ldirgan suluv qiz. MOHINUR (f.t-a.) - oy nuridek pokiza, suluv qiz.
MOHIRA (a.) - mahoratli, pishiq qiz.
MUAZZAM (a.) - azim, ulug’, buyuk.
MUATTAR (a.) - xushbo’y xid taratuvchi.
MUBORAK (a.) - qutlug’, saodatli.
MUZAFFAR (a.) - zafar qozonuvchi, g’alabaga erishuvchi, golib.
MUNAVVAR (a.) - nurli, yorug’.
MUNIRA (a.) - nur sochuvchi, yuzidan nur taraluvchi, nurli, zebo qiz.
MUNIS (a.) - do’st, hamdam.
MUROD (a.) – ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin yoki orzu, murodga erishtirgan bola. MUSALLAM (a.)- bo’ysunuvchi, itoatkor.
MUSULMON (a.) - Islom diniga e’tiqod qiluvchi, iymonli, xudojoy.
MUXTOR (a.) - tanlangan, saylangan, erkin, ozod.
MUSHARRAF (a.) - sharaflangan, sharafli, hurmat-ehtiromga erishgan.
MUYASSAR (a.) - Alloh yetkazgan,muyassar qilg’an farzand.
MUQADDAM (a.) - birinchi farzand.
MUQADDAS (a.) - qutlug’, tabarruk, muqaddas, aziz.
MUHAMMAD (a.) - maqtaladigan, maqtovga, olqishga loyiq, sazovor.
MUHARRAM (a-) - muxarrram oyida dunyoga kelgan bola.
MUHTARAM (a.) -eng hurmatli, e’zozli.

---------------------------------------------
N
NAVRO’Z (ft.) - yangi kun, yangi kunda - Navro’z kuni tug’ilgan bola.
NAJMIDDIN (a.) - dinning yulduzi, dinning iqboli.
NAZAR (a.) - Alloh nazar qilgan, Allohning nazari tushgan bola.
NAZIRA (a.) - avliyolar, eshonlarga nazir qilingan, bag’ishlangan qiz.
NAZIFA (a.) - pokiza.
NAZOKAT (a.) - noziklik, nozik tabiatli, nozanin suluv qiz.
NAZRULLOH (a.) - Allohga nazr qilngan, bag’ishlangan bola.
NAMOZ (f.t.) - namoz vaqtida tug’ilgan bola.
NARGIZ (a.) - nargisdek nafosatli, nozik, go’zal qiz.
NARIMON (a-f.t.) - jasur, qo’rqmas, kuch-qudratli.
NASIBA (a.) -rizqi butun, nasibaliqiz bo’lsin.
NASIM (a.) - tong payti esgan shabadadek yumshoq ko’ngilli, muloyim tabiatli, yoqimli bola. NASIMA (a.) - tong shamolidek yoqimli, huzurbaxsh, muloyim tabiatli, yumshoq ko’ngil, pokiza, nafosatli
NASRIDDIN (a.) - dinning yordami, ko’magi.
NE’MAT (a.) - rizqi butun, nasibasi to’kis bo’lsin.
NE’MATULLOH (a.) - Allohning saxovati, marhamati, Allohning ne’mati.
NIGINA (f.t.) - uzuk, qimmatbahouzuqdek bebaho, aziz, go’zal qiz.
NIGORA (f.t.) - chiroyli yuzli, zebo, tengsiz husn sohibasi.
NIZOM (a.) - tartib-intizomli,odob-axloqli bola bo’lsin.
NIZOMIDDIN (a.) - diniy ilmlarni, tartib-qoidalarni mukammal biluvchi, din rivojiga hissa qo’shuvchi.
NILUFAR (hind.) - nilufardek nafosatli, nozik va zebo qiz.
NISHON (f.t.) - bola tug’ilganda uning badanida biron xil belgi bo’lsa yoki otasidan nishona bo’lsin degan ma’noda ushbu ism ko’yiladi.
NODIR (a.) - noyob, qimmatbaho, qadrli bola.
NODIRA (a.) - tengsiz, bebaho, benazir, beqiyos go’zallik sohibasi.
NORBOY (f.t-o’zb.) qizil xolli bola ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin.
NORMUROD (f.t-a.) - qizil xolli bola orzu murodlarimizga erishtirdi yoki qizil xolli bola sog’-omon ulg’ayib istagiga, murodiga yetsin.
NORMUHAMMAD (f.t.-a.) - qizil xolli bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
NORMO’MIN (f.t-a.) - qizil xolli bola, aklli, dono, mo’min-qobil bo’lsin
.NOROY (f.t-o’zb.) - qizil xol bilan tug’ilgan, oydek zebo, ko’rkam qiz.
NORTOJI (f.t.) - qizil xolli bola.
NORXOL (f.t.) - badanida qizil xolbilan tug’ilgan qiz.
NORQOBIL (f.t-a.) qizil xol bilan tug’ilgan bola, ulg’ayib qobil bo’lsin.
NOSIR (a.) - yordam beruvchi, g’olib.
NURBBK (a-o’zb.) - beklar avlodiga mansub bo’lgan tolei nurli, iqboli porloq bola.
NO’RJAMOL (a.) -nur yuzli, chiroyli, go’zal qiz.
NURIDDIN (a.) - dinning nuri, ziyosi, mash’ali.
NURULLOH (a.) - Allohning nuri, ziyosi, yog’dusi.
NUSRAT (a.) - yordam beruvchi, ko’mak beruvchi, golib.
NUSRATULLOH (a.) - Allohning ko’magi, muruvvati.
O
OBID (a.) - Alloxga sig’inuvchi, Unga ibodat qiluvchi.
OBIDA (a.) - Alloxga ibodat qiluvchi, taqvodor qiz.
OBOD (f.t.) - hayoti obod, serfayz, nasibasi butun bo’lsin.
ODIL (a.) - adolatli, haqgo’y.
ODINA (f.t.) - xosiyatli bo’lgan, muborak kun hisoblashan jumakunida tug’ilgan bola.
OZOD (f.t.) - ozod, hur, erkin.
OZODA (f.t.) - hur, erkin, pokiza qiz.
OZODBEK (f.t-o’zb.) - beklar avlodiga mansub bo’lgan hur, erkin, saodatmand bola.
OYGUL (o’zb-f.t.) - oydek chiroyli,suluv, guldek chiroyli qiz.
OYDIN (o’zb.) - oydin, yorug’ kechada tug’ilgan qiz yoki xayoti nurli, iqboli porloq, charog’on bo’lsin.
OYJAMOL (o’zb-a.) - oydek go’zalhusn sohibasi, oy yuzli zebo qiz.
OYNISA (o’zb-a.) - ayollarning oydek suluvi, zebosi.
OYSHA (a.) - barhayot yashovchi.
OLIM (a.) - ilm soxibi.
OLIMA (a.) - ilmli, bilimdon qiz.
OLIYA (a.) - oliy, ulug’, yuksak martabali.
OLLOYOR (a-f.t.) - Alloh yor, madadkor bo’lsin, xamisha hamdam, hamroh bo’lsin, qo’llab o’z panohida asrasin.
OMON (a.) - o’sib, ulg’ayib sog’-omon bo’lsin.
OMONULLOH (a.) -Allohning o’zi xar qanday xavf-xatar va ofatlarddn omon saqlaydigan bola.
ORZIGUL (f.t.) - orzu qilib ertpilgan guldek suluv, dilrabo qiz.
ORZU (f.x.) - ota-onasini orzusiga erishtirgan, maqsadiga yetkazg’an yoki orziqib kutilgan bola.
ORIF (a.) - ma’rifatli, bilimli, aqlli, Allohni tanigan xudojo’y, taqvodor.
ORTIQ (o’zb.) - badanida biror ortiqcha a’zo bilan tug’ilgan bola.
OTABEK (o’zb.) - beklarning boshlig’i, sardori.
OQIL (a.) - aqlli, dono, zukko.OQILA (a.) - aqlli, zukko, dono qiz.

---------------------------------------------
P
PANJI (f.t.) - odatda oiladagi beshinchi bolaga ushbu nom qo’yiladi. Panj-besh ma’nosini anglatadi.
PARDA (f.t.) - parda bilan tug’ilgan bola.
PO’LAT (f.t.) - po’latdan kuchli, irodali, mustahkam bo’lib ulg’aysin.
Q
QALDIRG’OCH (o’zb.) - qaldirg’ochning qanotidek nozik, ingichka qoshli, suluv, go’zal qiz.QAMBAR (a.) - to’rg’ay.
QAHRAMON (f.t.) - dovyurak, jasur, qudratli, ko’rqmas.
QILICH (o’zb.) - kindigi qilich bilan kesilgan bola yoki qilichday keskir, o’tkir, mustahkam bo’lsin.QUDRAT (a.) - kuchli, qudratli.
QUDRATULLOH (a.) - Allohning qudrati bilan dunyoga kelgan bola yoki Allohning qudratli, kuchli bandasi bo’lsin.
QUNDUZ (o’zb.) - qunduzdek chiroyli, zebo qiz.
QUNDUZOY (o’zb.) - qunduzdek go’zal, oydek suluv, zebo qiz
.QURBON (a.) - Qurbon oyida tug’ilgan bola.
QURBONALI (a.) - Qurbon oyida dunyoga kelgan bola Alidek kuch-qudrat, akl-zakovatli bo’lsin.
QURBONNAZAR (a.) - Qurbon oyida tug’ilgan, Xudoning nazari tushgan bola.
QURBONOY (a.-o’zb.) - Qurbon oyida tug’ilgan oydek go’zal, suluv qiz.
QUTBIDDIN (a.) - dinning asosi, tayanchi.
QUTLI (o’zb.) - baxtli, saodatmand, iqboli porloq.
QUTLIBEKA (o’zb.) - baxtli,saodatli, iqboli porloq oliynasab qiz.
QO’LDOSH (o’zb.) - ko’makchi, do’st, hamdam.
QO’ChQOR (o’zb.) - moyagi, erkaklik tuxumi katta bo’lib tug’ilgan yoki peshonasi do’ng yoxud qo’chqordek kuchli bola.
QO’SHOQ (o’zb.) - badanida qo’shimcha a’zo bilan tug’ilgan bola.
R
RAVSHAN (f.t.) - nurli, yorug’, charog’on yoki iqboli porloq bola bo’lsin.
RAJAB (a.) - Rajab oyida, ya’ni hijriy yilning yettinchi oyida tug’ilgan bola.
RAMAZON (a.) - qutlug’, muborak oy hisoblanmish qamariy yilning 9 oyida tug’ilgan bola. RAMZIDDIN (a.) - dinning ramzi, timsoli.
RASUL (a.) -Allohning elchisi.
RA’NO (a.) - ra’noguddek suluv, chiroyli, purlatofat qiz.
RAHMAT (a.) - mehribon, rahmdil, shafqatli.
RAHMATULLOH (a.) - Allohning rahmati, muruvvati, marhamati bilan dunyoga keltan bola. RIZO (a.) - rozilik.
ROBIYA (a.) - oiladagi to’rtinchi farzand.
ROZIYA (a.) - rozilik, mamnunlik, shukronalik baxsh etgan, suyukli, yoqimtoy, dilkash qiz. ROHAT (a.) tinch-omon, rohatda,huzur-halovatda yashasin.
RUSLAN (f.t.) - arslon, qo’rqmas, jasur, qudratli, dovyurak.
RUSTAM (pahl.) - kuch-qudratli, botir, yengilmas, dovyurak jasur, matonatli.
RUXSHONA (f.t.) - chiroyli, go’zal yuzli, ko’rkam, suluv
RO’ZI (f.t.) - rizqi butun, nasibali, baxt-saodatli bo’lsin.
RO’ZIMUROD (f.t-a.) - rizq-nasibali bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin.
RO’ZIMUHAMMAD (f-t-a.) - rizqli, nasibali bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
RUZIXOL (f.t.) - rizqli, nasibali, xol bilan tug’ilgan qiz,

---------------------------------------------
S
SADOQAT (a.) - sodiq, sadoqatli, vafodor.
SADRIDDIN (a.) - dinning baland martabali, yuqori mavqega ega rahnamosi, dinning ulug’ namoyandasi.
SAID (a.) - baxt saodatli.
SAIDA (a.) - omadli, baxtli, saodatli.
SAYID (a.) - ega, boshliq, rahnamo, aslzoda, oliynasab.
SAYIDA (a.) - oliynasab sayidlar avlodiga mansub qiz.
SAYIDBEK (a.) - ayolzoda, oliynasab beklar avlodidan bo’lgan bola.
SAYIDMUROD (a.) - oliy nasab, aslzoda, sayidlar avlodiga mansub bola. Ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin.
SAYFIDDIN (a.) - dinning qilichi.
SAYFULLOH (a.) - Allohning qilichi.
SALIM (a.) - sog’lom, sog’u salomat.
SALOMAT (a.) - omon-esonlik, sog’u salomatlik.
SAMANDAR (a.) - o’t ichida yashovchi, o’tdan paydo bo’ladigan jonzot, o’lmas, mustahkam irodali.
SANAM (a.) - majusiylar ilohi, ma’budasi; zebo, suyukli qiz.
SAODAT (a.) - baxtli, saodatli, iqboli porloq qiz.
SARVAR (a.) - yo’lboshchi, rahnamo.
SARVINOZ (f.t.) - qaddi-qomati tikka o’suvchi, sarv daraxtidek kelishgan va nozik qiz. SARDOR (f.t.) - rahnamo, yetakchi, yo’lboshchi, boshliq.
SAFAR (a.) - Safar oyida yoki safar vaqtida dunyoga kelgan bola.
SAFARALI (a.) - Safar oyida yoki safar paytida tug’ilgan bola Alidek kuch-qudrat, aql-zakovat egasi bo’lsin.
SAFARGUL (a-f.t.) - Safar oyida yoki safar paytida dunyoga kelgan guldek ko’rkam, zebo qiz.
SA’DULLOH (a.) - Alloh ato etgan baxt-saodat yoki Allohning iqboli porloq, baxtu saodatli bavdasi.
SEVAR (o’zb.) - sevimli, yoqimli farzand.
SIROJ (a.).- mash’al.
SIROJIDDIN (a.) - dinning nuri, mash’ali.
SOAT (a.) - xosiyatli, baxtli soatda tug’ilgan bola.
SOBIR (a.) -;chidamli, sabru toqatli, irodasi mustahkam bola.
SOBIT (a.) - mustahkam, chidamli, kelishgan, chiroyli bola.
SODIQ (a.) - sadoqatli, vafodor.
SOJIDA (a.) - sajda qiluvchi, Allohga sig’inuvchi musulmon qiz.
SOLIH (a.) - pokiza, pok, solih amallar qiluvchi.
SOHIB (a.) - xo’jayin, ega, do’st, hamdam.
SULTON (a.) - podshoh, hukmdor, yuksak martaba, obro’-e’tibor egasi bo’lsin.
SULTONALI (a.) - yuksak obro’-e’tibor, martaba egasi bo’lsin yeki ushbu bola Alidek kuch-qudrat, yuksak aqlu zakovat egasi bo’lsin.
SULTONMUROD (a.) - yuksak mavqeli, martabalar, obro’-e’tibor sohibi bo’lib yetishsin, orzu-murodiga erishsin.
SULTONOY (a-o’zb.) - oliy martaba, mavqeli, obro’, e’tibor sohibasi bo’lgan oydek go’zal, zebo qiz.
SURAYYO (a.) - yuzi Surayyo yulduzidek nurli, yorug’, go’zal qiz, iqboli Surayyo yulduzidek porloq bo’lsin.
T
TABASSUM (a.) - hayoti shodlikka, quvonchga to’liq bo’lsin yoki kulib, jilmayib turuvchi, chehrasidan tabassumarimaydigan qiz.
TAL’AT (a.) - yuz ko’rinishi chiroyli, go’zal bola.
TEMIR (o’zb.) - temirdek mustahkam irodali bo’lsin.
TESHA (o’zb.) - teshadek o’tkir, keskir bo’lsin, mustahkam bo’lsin yoki kindish tesha bilan kesilgan bola.
TILOVMUROD (o’zb-a.) - tilab olingan, Xudodan so’rab olingan bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin.
TOJIDDIN (f.t-a.) - dinning toji, dinning yuksak bilimdoni, ulug’ namoyandasi.
TOJIMUROD (f.t-a.) - xol bilan tug’ilgan bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin yoki xolli bolaorzu-murodimizga erishtirdi.
TOJINISO (f.t-a.) - ayollarning toji, ulug’i, e’tiborga sazovori va eng go’zali.
TOLIB (a.) - talab qiluvchi, ilm izlovchi.
TOSHMUROD (o’zb-a.) - toshdek mahkam, mustahqam irodali bola ulg’ayib murod-maqsadigayetsin.
TOSHPO’LAT (o’zb-f.t) - tosh va po’latdek mustahkam bola, uzoq umr ko’rsin.
TOHIR (a.) - pokiza, begunoh.
TURSUN (o’zb.) - nobud bo’lmasin, sog’u salomat o’ssin, omon qolsin, yashab ketsin.
TURG’UN (o’zb.) - turib qolsin, nobud bo’lmasin, umri uzoq bo’lsin.
TO’LQIN (o’zb.) - yayrab, shodu xurram bo’lib, zavqu shavqqa to’lib yursin.
TO’RA (o’zb.) - yuqori martaba, mavqe egasi, aslzoda.

---------------------------------------------
U
UBAYDULLOH (a.)- Alloxning kichik quli.
ULDONA (o’zb-f.t.) - ushbu dono,zukko, aqlli, fahm-farosatli qizdan keyingi farzand o’g’il bo’lsin.
ULUG’BEK (o’zb.) - ulug’, kuch-qudratln, hukmdor yoki beklarning ulug’, buyuk sardori,boshlig’i.
UMAR (a.) - mangu barhayot yashovchi.
UMID (f.t.) - umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan bola.
UMIDA (f.t.) - orzu-umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan qiz
UMIDULLOH (f.t.-a.) - Alloh yetkazgan orzu-umid.
USMON (a.) - siniqchi, davolovchi, tabib.
UCHQUN (Uzb.) - hayoti yorug’, nurli, tolei porloq bo’yasin.
V
VAFO (a.) - vafoli, sadoqatli, sodiq.
VOSIL (a.) - visolga yetishgan.
X
XAYRIDDIN (a.) - dinning xayru saxovati yoki xayru saxovatpesha, himmatli din namoyandasi.
XAYRULLOH (a.) - Allohning xayru saxovati, muruvvati, Allohning tuhfasi.
XALIL (a.) - sevimli, aziz do’st.
XOLBEK (f.t-o’zb.) - beklar avlodidan bo’lgan xolli bola.
XOLBEKA (f.t-o’zb.) - beklar avlodidan bo’ltan xolli qiz.
XOLBIBI (f.t-o’zb.) - yuqori mavqega ega, baland martabali xolli qiz.
XOLBOY (f.t-o’zb.) - xol bilan tushlgan bola voyaga yetib, ulg’ayib davlatmand, boy bo’lsnn.XOLDOR (f.t.) - xol bilan tug’ilgan xolli bola.
XOLMIRZA (f-t.) - xolli bola, bilimdon, dono, o’qimishli,savodxon bo’lib yetishsin.
XOLMUROD (f.t-a.) - xolli bo’lib tug’ilgan bola, o’sib orzu-murodiga yetishsin.
XOLMUHAMMAD (f.t-a.) - xolli bo’lib tug’ilgan bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
XOLMO’MIN (f.t-a.) - xolli bo’shb tug’ilgan bola mo’min-qobil bo’lsin.
XOLTOJI (f.t.) - badanida xoli va toji mavjud bo’lgan bola.
XONDAMIR (o’zb-f.t.) - bu ism, olimlarning ta’kidlashicha, aslida, ‘xovand amir’ bo’lib, uning ma’nosi Xudo amr etuvchi hukmdordir yoki Xudoning nazari tushgan, Xudoning yo’lidan to’g’ri yuruvchi, Uning olqishiga sazovor bo’lgan hukmron.
XONZODA (o’zb-f.t.) - xon yoki asilzodalar avlodidan bo’lgan qiz.
XOSIYAT (a,) - yaxshi xislat va fazilatlar soxibasi bo’lsin yoki omadli yoki xosiyatli kunda tug’ilgan farzand.
XUDOYBERDI (f.t-o’zb.) - Xudo berdi, Alloh ato etdi. Allohning marhamati, tuhfasi bo’lgan bola.
XUDOYNAZAR (f.t-a.) - Xudoning nazari tushgan bola.
XUMOR (a.) - ko’pdan intiqlik bilan orziqib kutilgan bola.
XURRAM (f.t.) - shod, baxtiyor, xursand, baxtli bo’lsin yoki quvonchli kunda tug’ilgan bola.
XURSAND (f.t.) - shodu xurram, baxtiyor bo’lib yursin yoki quvonchli kunda tug’ilgan bola.
XURSHID (f.t.) — quyosh benihoyat chiroyli, xushsurat yoki iqboli quyoshdek porloq bo’lsin.
XURSHIDA (f.t.) - quyoshdek husnu jamol sohibasi bo’lgan go’zal, suluv, latofatli kiz yoki iqboli quyoshdek porloq bo’lsin.
Y
YAYRA (o’zb.) - yayrab-yashnab o’ssin, hayoti quvonchga to’liq bo’lsin.
YASHAR (o’zb.) - yashab ketsin.
YETIM (a.) - yakka, yagona, tanho, yolg’iz.
YODGOR (f.t.) - agar bola dunyoga kelgandan keyin otasi yoki onasi olamdan o’tib qolsa, unga marhumdan esdalik, yodgorlik bo’lsin deb ushbu ismberiladi.
YORQINOY (Uzb.) - kelajagi yorug’, nurli va oydek go’zal qiz.
YOQUB (qad.yah.) - izidan boruvchi, sabr-toqatli, dovyurak,jasur.
YOQUT (qad.yah-a.) - rangi qizil bo’lgan qimmatbaho noyob tosh.
YULDUZ (o’zb.) - yulduzdek yorug’ yuzli, chiroyli, go’zal qiz.
YUNUS (qad.yah.) - kaptar.YUSUF(qad.yah.) - ortgan, ko’paygan husn ma’nosida.
YO’LDOSH (o’zb.-f.t.) - hamroh.

---------------------------------------------
Z
ZAYNAB (a.) - kelishgan, xushqomat, suluv qiz.
ZAYNIDDIN (a.) - dining bezagi, chiroyi, ko’rki.
ZARINA (f.t.) - zarli, chiroyli qiz.
ZARIF (a.) - beg’ubor, pokiza, nozik ta’b, o’tkir aql sohibi.
ZARIFA (a.) - iffatli, pokiza, nozik ta’b, fahm-farosatli qiz.
ZAFAR (a.) - tolib, saodatmand.
ZEBINISO (f.t.-a.) - ayollarning zebi, go’zal, zebosi.
ZEBO (f.t.) - go’zal, suluv, chiroyli qiz.
ZIYO (a.) - nurli, tolei porloq bola.
ZIYNAT (a.) - ziynatli, bezangan, orasta, ko’rkam qiz.
ZOYIR (a.) - ziyoratchi.
ZOKIR (a.) - Allohni zikr qiluvchi, yodga oluvchi.
ZUBAYDA (a.) - ayollarning tanlab olingani, eng yaxshisi.
ZULFIYA (f.t.) - jingalak sochli, suluv qiz.
ZULXUMOR (a.) - intiq bo’lib ko’pdan kutilgan qiz.
ZUMRAD (f.t.) - zumraddek qimmatli, chiroyli, zebo qiz.
ZUHRO (a.) - Zuhro yulduzidek nurli, chiroyli, suluv va iqboli porloq qiz.
O’
O’KTAM (o’zb.) - kuchli, qudratli, dovyurak, jasur, viqorli.
O’LMAS (o’zb.) - o’lmasin, umri uzoq bo’lsin.
O’LMASOY (o’zb.) - o’lmasin, yashab ketsin, umri uzoq bo’lsindeb umid, niyat qilingan oydek go’zal, zebo qiz.
O'RAL (o’zb.) — tug’ilganda kindigiga o’ralib tushgan yoki jingalak sochli bola.
O’ROQ (o’zb.) - o’roqdek o’tkir, keskir bo’lsin yoki kindigi o’roq bilan kesilgan bola.
O’TKIR (o’zb.) - o’tknr, o’tkir aqluzakovat sohibi, dono bola bo’lsin.
O’TKIRBEK (o’zb.) - beklar avlodiga mansub bo’lgan o’tkir aqlu zakovat sohibi, bilimli, dono bola.
O’G’ILOY (o’zb.) - shu oydek go’zal qizdan keyingi tug’ilajak farzand o’g’il bo’lsin.
O’RILSHOD (o’zb-f.t.) - ushbu quvnoq, baxtiyor, shodon qizdan keyin tug’iladigan bola o’g’il bo’lsin.
G’
G’AYRAT (a.) - serharakat, shijoatli, tolmas, g’ayratli bola bo’lsin.
G’IYOS (a.) - ko’mak, yerdam, madad.
G’IYOSIDDIN (a.) - dinning madadi, ko’magi, yordami.
G’OLIB (a.) - zafar qozonuvchi, yengilmas, yulib.
G’ULOM (a.) - yosh xizmatkor qul.

---------------------------------------------
Sh
SHABNAM (f.t.) - shudringdek beg’ubor, pokiza qiz.
SHAVKAT (a.) - shon-shuhrat, kuch-qudratli bola bo’lsin.
SHAMSIDTSIN (a.) - dinning quyoshi.
SHAMSIYA (a.) - quyoshdek porlovchi charog’on qiz, chiroyliqiz.
SHAMSULLOH (a.) - Allohning nuri, yog’dusi yoki Allohning quyovdek porloq chehrali, chiroyli bandasi.
SHARBAT (a.) - yoqimli, shirin, suyukli qiz.
SHARIF (a.) - sharafli, muqaddas,aziz.
SHARIFA (a.) - aziz, qadrli, sharafli qiz.
SHAFIQA (a.) - shafqatli, mehru muruvvatli, oqibatli qiz.
SHAHBOZ (f.t.) - lochin, chakqon, shiddatkor, shijoatli, dovyurak, qudratli bo’lsin.
SHAHINA (f.t.) - dovyurak, mard, jasur, qo’rqmas qiz.
SHAHLO (a.) - katta, qora ko’zli, go’zal qiz.
SHAHNOZ (f.t.) - shohlar, asilzodalar avlodiga mansub nozli, nozik va zebo, go’zal qiz. SHAHOBIDDIN (a.) - dinning yorqin, nurli yulduzi.
SHAHODAT (a.) - guvohlik beruvchi.
SHERALI (f.t-a.) - sherdek dovyurak, qo’rqmas, jasur, Alidek kuch-qudrat, aql-idrok egasi bo’lsin.
SHERBOY (f.t-o’zb.). - sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin.
SHERZOD (f.t.) - sherning bolasi; sherdek dovyurak, qo’rqmas botirlar avlodidan bo’lgan bola.
SHERMUROD (f.t-a.) - sherdek qo’rqmas, jasur, dovyurak bola murod-maqsadiga yetsin.
SHERMUHAMMAD (f.t-a.) - sherdek dovyurak, jasur, bahodir bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
SHERXON (f.t.-o’zb.) - xon, aslzodalar avlodiga mansub, sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola yoki sherlarning sheri, hukmdori, ya’ni sherdek dovyurak bahodirlarning sardori.
SHERQOBIL (f.t-a.) - sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola dono, aqlli, qobil bo’lib o’ssin.
SHERQUL (f.t-o’zb.) - Allohning sherdek jasur, dovyurak bandasi.
SHIRIN (f.t.) - yoqimli, aziz, suyukli, shirin bola.
SHOBERDI (f.t-o’zb.) - Allohning marhamati bilan dunyoga kelgan bola ulg’ayib ulug’ martabalar sohibi bo’lsin.
SHODI (f.t.) - shodlik, quvonch, baxtiyorlik.
SHODIBEK (f.t-o’zb.) - beklar avlodidan bo’lgan shodu xurram, quvnoq, baxtiyor bola.
SHODIGUL (f.t.) - shodu xandon, baxtiyor, quvnoq va guldek zebo qiz.
SHODIYOR (f.t.) - shodu xurramlik, quvonch, baxtiyorlik hamisha hamrohi bo’lsin yoki bizga shodlikni yor etgan yoxudquvonchli kunda tug’ilgan bola.
SHODIMUROD (f.t-a.) - shod, xurram, baxtiyor bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin yoki shodu-xurramlik, quvonch-baxtiyorlik keltirgan bola murodimizga yetkazdi.
SHODIMUHAMMDD (f.t-a.) - shoduxurram baxtiyor bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
SHODIYA (f.t.) - shod, xurram, quvnoq, baxtiyor yoki quvonchlikunda turilgan kiz.
SHODMON (f.t.) - shod, baxtiyor, quvnoq yoki hayoti shodlikka to’liq bo’lsin yexud quvonchli, shodmon kunda tug’ilgan bola.
SHOIR (a.) - shoir, so’zga chechan, hozirjavob, shirinso’z, notiq bo’lsin.
SHOIRA (a.) - shoira bo’lsin, so’zga chechan, shirinsuxan, notiqa qiz bo’lsin.
SHOYISTA (f.t.) - hurmat-ehtiromga loyiq, e’zoz-e’tiborga munosib qiz.
SHOKIR (a.) - shukur qiluvchi, Allohga shukur qiluvchi bola bo’lsin yoki bizga farzand bergani uchun Allohga shukr.
SHOHIDA (a.) - suluv, go’zal, zeboqiz.
SHOHIMARDON (f.t.) - mard, bahodirlar shohi.
SHOHRUH (f.t.) - yuzida shohlik alomatlari zohir bo’lgan kelishgan, zebo bola.
SHOHSANAM (f.t-a.) - go’zallar, suluvlar shohi, zeboliqda benazir, beqiyos qiz.
SHUKUR (a.) - qanoat, sabru toqat qiluvchi, rozi, minnatdor.
SHUKRULLOH (a.) - bizga farzandato qilganligi uchun Allohga behad hamdu sanolar, shukronalar bo’lsin.
SHUHRAT (a.) - dovrug’, obro’, shon, iftixor.

---------------------------------------------
Ch
CHAROS (o’zb.) - ko’zlari charosdek fusunkor, jozibalya, chiroyli qiz yoki qop-qora ko’zlari katta qiz.
CHORI (f.t.) - oiladagi to’rtinchi o’g’il.
QISQARTMALAR:
(s.a.v.) — Sollallohu alayhi vasallam
a. — arabcha
mo’g’. — mo’g’ilcha
pahl.- pahlaviycha
o’zb. — o’zbekcha
hind. — hindcha
f.t. — fors-tojik
yun. — yunoncha
yah. — yahudiycha
qad. yah. — qadimiy yahudiycha

WAPLOG.TOP